Joriy yilning 2-may kuni Angren universiteti BT-23.2 guruh talabalari tomonidan mashhur oʻzbek adibi, shoir va jamoat arbobi Gʻafur Gʻulom tavalludining 122 yilligiga bagʻishlab esdalik tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar adibning hayoti, ijodi, oʻzbek adabiyotidagi oʻrni va merosi haqida maʼruzalar qilishdi, uning sheʼrlaridan namunalar oʻqishdi hamda sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi.



Tadbir yoshlarda adabiyotga muhabbat uygʻotish, Gʻafur Gʻulom ijodini chuqurroq oʻrganish va uni keng targʻib qilish maqsadida o‘tkazildi.