Angren universiteti "Pedagogika va tillar" fakulteti talabalari tomonidan 6-fevraldan-14-fevralga qadar buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan turli tadbirlar, chellendjlar hamda g‘azalxonlik kechalari o‘tkazildi. Jumladan, universitet ustozlari hamda talabalariga Navoiy hayoti va ijodini yana bir bor yodga solish maqsadida adiblar haqida savollar tayyorlandi hamda barchaga tarqatildi. Ustozlar, talabalar hozirjavoblik bilan savollarga javob berishdi hamda Navoiy va Bobur g'azallari, ruboiylaridan namunalar aytishdi. 6-fevral kuni Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi BT-23-1-guruh tomonidan “Navoiyga ehtirom: she’riyat, ilm va hikmat kechasi” nomli, 13-fevral kuni BT-23-2-guruh talabalari tomonidan "Mangulikka muhrlangan daholar" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirda talabalar sahna ko‘rinishlar va ijodiy chiqishlar bilan ishtirok etishdi.