Qardosh xalqlar do’stligi mustahkamlanmoqda!

Angren universiteti va Turkiya davlatining nufuzli universitetlaridan biri bo’lgan Istanbul Gedik universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Istanbul Gedik universiteti 2010-yilda Halil Kaya Gedik tashabbusi bilan tashkil etilgan bo’lib, universitetning 4ta kampusi mavjud va ularda talabalar 100dan ortiq yo’nalishlarda ta’lim olishadi. Shuningdek, IGU deyarli 10,000dan ziyod bitiruvchi va 1,000dan oshiq xorijiy talabalarga ega.

Memorandumdan asosiy maqsad bir qator loyihalar asosida ilmiy tadqiqot va ta’limni qo’llab-quvvatlash hamda talabalar va ilmiy xodimlar almashinuvini rivojlantirish orqali nafaqat ikki OTM, balki ikki davlat hamdo’stligini yanada mustahkamlashdir. Ushbu hamkorlik natijasida kelgusida Angren universiteti talabalari uchun dunyoning yetakchi tadqiqotchilarining top 50%idan o’rin olgan yetuk professorlarning onlayn darslarida qatnashish, ilmiy xodimlar uchun esa qo’shma konferensiyalar tashkil etish imkoniyati bo’ladi.