Hashar — elga yarashar
Xalqimizda hashar deb nomlangan ajoyib an’ana bor. Bu odat yillar o‘tsaki, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Boisi hasharda xalqimizning birligi, ahilligi namoyon bo‘ladi. Bahor kelishi bilan, to‘g‘rirog‘i, Navro‘z bayrami arafasida barcha hududlarda umumxalq hasharlari tashkil etilib, ariqlar loyqadan tozalanadi, daraxtlarga shakl berilib tagi oqlanadi, yangi daraxt ko‘chatlari ekiladi, qabristonlar obod qilinadi, hududlar chiqindilardan tozalanadi.
Jumladan, bugun, 20-mart kuni “Davolash ishi” fakulteti xodimlari va talabalari universitet hududida hashar tashkillashtirishdi. Hasharda talabalar tomonidan daraxtlar oqlanib atrof chiqindilardan tozalandi. Shuningdek, “Til va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham hasharda faol qatnashdilar.