Mamlakatimizda xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning dasturiy ishlanmalari, innovatsion g'oyalarini qo'llab-quvvatlash masalasiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. Ayol-qizlarimizning ilm olishi, ularni kasb-hunarga o'qitish hamda bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish ustuvor  yo‘nalishlardan biriga aylandi. 


Shu munosabat bilan Angren universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi katta o'qituvchilari F.B.Qurbonov, M.F.Qurbonova, D.A.Xolboyevalar hamkorligida "Boshlang'ich ta‘lim" yo‘nalishi BT-113,114,115,122 guruhi talabalari o'zlarining navbatdagi malakaviy amaliyoti bo'yicha hisobot taqdimotlarini o‘tkazishdi.Tadbirning ikkinchi qismida "Ilmli ayol-millat ko‘zgusi" nomli davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirda Toshkent viloyati Tadbirkorlik markazi rahbari Sh.A.Madiyarova, Angren shahar hokimi o'rinbosari, Xotin-qizlar bo'limi boshlig'i M.Abduraxmanovalar ishtirok etishdi.