"Inson qadri"

O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, ilm-fanga intilish va uning jozibadorlik muhitini shakllantirish, ilmiy faoliyatga jalb etish, yosh isteʼdod egalarini aniqlash va ijtimoiy muhofaza qilish hamda rag‘batlantirish bo‘yicha “BEST PUBLICATION” ilmiy tadqiqotlar va yoshlarni qo’llab-quvvatlash markazi tomonidan amaliy saʼy-harakatlar olib borilmoqda

Vatanimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan, yurtimiz ravnaqi, uning istiqboli, ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan yoshlarga o‘rnak bo‘layotgan, shuningdek mehnat faoliyatida hamda ilm-fan sohasidagi ilmiy izlanishlarida yutuqlarga erishgan Angren universiteti rektori K.O.Sindorov , ijrochi direktor SH.X.Sadiyeva  

“Faol tadqiqotchi‘’ hamda  “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.

Ilm-fan sohasidagi yuksak e’tirof bilan ustozlarni  samimiy muborakbod etamiz.