2025-yil 23-aprel kuni Angren universiteti rektorining iqtidorli talabalar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rektori professor SH.Mutalov, Yoshlar masalalari, ma'naviy va ma'rifiy ishlar va ilmiy ishlar bo'yicha prorektor R.Najimadinov hamda Yoshlar ittfoqi BT yetakchisi J.Kamolov ishtirok etib, talabalarning ilmiy, ijodiy va tashabbuskorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilishdi.
Uchrashuv davomida rektor iqtidorli yoshlarning yutuqlarini e’tirof etib, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, grant dasturlari, ilmiy loyihalar va xalqaro hamkorliklar haqida batafsil ma’lumot berdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, shuningdek, yangi tashabbuslar ilgari surildi.
Tadbir samimiy va ochiq ruhda o‘tdi, yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar universitet rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqilishi va qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.