Joriy yilning 29-aprel sanasida "Iqtisodiyot va huquq" fakultetining kunduzgi, sirtqi yo‘nalishi 3-kurs talabalari ishtirokida Angren universiteti Yoshlar masalalari, ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Ravshanbek Najimadinov hamda "Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqini himoya qilish" qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasini iste'molchilar huquqini himoya qilish bo‘limi yetakchi mutaxassislari Alisher Abduraximov, Shaxzod Akbarov bilan birgalikda "Siz o‘z iste'molchilik huquqingizni bilasizmi?" degan mavzuda ochiq dars va uchrashuv o‘tkazildi. 


Ochiq darsda ishtirok etganlar o‘zlarini qiziqtirgan ma'lumotlarga ega bo‘lishdi hamda iste'molchilik huquqlariga doir savollarga mutaxassislar tomonidan yetarlicha javob olishdi.