Angren universiteti talaba-yoshlari oʼrtasida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida tadbir o‘tkazildi
Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi xodimi J. Meliqo‘ziyev, Angren universiteti rektori Sindarov Komil, Angren universiteti o’quv ishlari bo’yicha prorektor Maxmudov Mirabbos, Angren universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’yicha prorektor Yusupov Ulug’bek ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida, bugungi kunda yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mafkuraviy tahdidlar va ularni oldini olish masalalari haqida atroflicha tushunchalar berib o‘tildi. Ma’naviy barkamollikka eltuvchi yo‘ldagi eng asosiy sifatlar va jihatlarga oid tajribaviy-tavsiyaviy xarakterdagi ma’lumotlar ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir so‘ngida, talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddi vakillar atroflicha, hayotiy misollar asosida javob berib, o‘z tavsiya va maslahatlarini berib o‘tishdi