Angren universiteti boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Javohir Kamolov Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi aʼzosi etib saylandi.
Mazkur lavozim yoshlar manfaatlarini yanada kengroq miqyosda ifoda etish, viloyatdagi yoshlar siyosatini rivojlantirishda faol ishtirok etish, shuningdek, oliy taʼlim muassasalari yosh yetakchilari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam hisoblanadi.
Yoshlarimizga fidokorlik bilan xizmat qilayotgan yetakchimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlarlar tilaymiz!