JICA (Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi) va Angren universiteti o’rtasida hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilmoqda.
JICA tashkiloti tomonidan "Yaponiyada ish bilan ta'minlash imkoniyatlaridan foydalangan holda O'zbekistonda inson resurslarini rivojlantirish loyihasi" ish boshlagan. Ushbu loyiha doirasida tashkillashtirilgan uchrashuvda JICA tomonidan ekspertlar guruhi, Kuroda Kiyohiko, Yoshikava Takuma va Jo'rabek Hasanovlar qatnashishdi. JICA vakillari bilan nafaqat inson resurslarini rivojlantirish sohasida balki ta’limni rivojlantirish, talabalarga yanada keng imkoniyatlar yaratish, yapon tilini o’rgatish bo’yicha ham qator kelishuvlarga erishildi. Ushbu xalqaro tashkilot bilan yo’lga qo’yiladigan hamkorlik rishtalari ikki tomon uchun ham manfaatli bo’lishiga ishonamiz. Uchrashuv yakunida hamkorlarga esdalik sovg’alari topshirilib, Universitet hayoti va dars jarayonlari bilan tanishtirilib, talabalar bilan tanishuv suhbatlari ham tashkillashtirildi.