Joriy yilning 30-aprel kuni Angren universiteti talabalari va huquq tartibot xodimlari bilan “Biz jinoyatchilikka qarshimiz!” mavzusidagi uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Tadbirda hozirgi kunda yuqori ogohlikni talab etadigan mavzular, shu jumladan, plastik kartalardan aldov yo’li bilan pul mablag’lari yechib olinayotgani, diniy ekstremizm, shuningdek, ko’plab yoshlarni o’z domiga tortayotgan psixatrop dori vositalaridan ogohlik kabilar muhokama qilindi. Talabalar uchrashuv so’ngida o’zlarini qiziqtirgan savollariga soha xodimlari tomonidan javob olishdi.