Joriy yilning 19-iyun sanasida Angren universitetida Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig'ilishni universitet rektori Sh.Mutalov ochib berdilar va navbatdagi o'quv yili muvaffaqiyatli yakunlangani bilan universitet jamoasini tabriklab o'tdilar.
Yig‘ilishda 2024–2025-o‘quv yili yakuniy hisobotlarini o'tkazish va yangi o'quv yiliga tayyorgarlik, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarning dam olish mavsumi, Prezident farmonlari va yuqori tashkilotlar buyruqlarining ijrosi kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida turli masalalar ham ko‘rib chiqildi. Shuningdek, yil davomida o'z sa'y-harakatlari bilan universitet rivojiga samarali hissa qo'shgan professor-o'qituvchilar hamda ishchi xodimlar tashakkurnoma, voucher va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.