Angren universiteti talabalari uchun ajoyib yangilik! 

Talabalar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida, o'quv xonalari dars jarayonlarida yangi davr talablariga mos ravishda, eng ommabop va kelgusida  foydali bo’ladigan dasturlar o’rnatilgan 100 dona so'nggi rusumdagi zamonaviy kompyuterlar bilan  jihozlandi. Shuningdek, universitet kutubxonasi 2000dan ortiq o’quv darsliklari hamda adabiy kitoblar bilan boyitilib, foydalanish uchun taqdim etildi. 

Talabalarning kerakli bilim va ko'nikmalarni egallab, o’z sohalari bo’yicha  yetuk mutaxassis bo’lishlari uchun Universitetimiz ta’sischilari va rahbariyat a’zolari tomonidan barcha qulayliklar yaratib berilmoqda.Batafsil ushbu video orqali bilib olishingiz mumkin.