Universitetimiz kutubxonasi yangi kitoblar bilan boyidi


Temirni zang kemirganidek, odamni ma’naviyatsizlik va bilimsizlik sindiradi. Ma’naviyat esa insonga kitob o‘qish orqali yuqadi.


19-mart kuni "Til va uni o‘qitish  metodikasi“ kafedrasi dotsenti X. M. Maxmatqulov o‘zining shaxsiy kutubxonasidan universitetimiz kutubxonasiga ingliz tili  yo‘nalishidagi  talabalarga juda zarur bo‘lgan kitoblarni topshirdi.


Ma’lumot uchun, avvalroq, 17-mart kuni Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Gaziyeva Nigora Shamsiddinovna ham o‘z muallifligidagi 10 dona uslubiy qo‘llanmani  universitet ARMga sovg‘a qilgan edi.