“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Angren universitetida ijodkorlar va yoshlar uchrashuvi

Joriy yilning 13-dekabr kuni   O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Gulbahor Jumayeva hamda iqtidorli shoir  Iftixor Xonxo'jayevlar Angren universitetiga tashrif buyurishdi. Universitet mas’ul xodimlari, faol talabalar va ijodkorlar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etildi. 

Mehmonlar “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Angren universiteti talabalari ishtirokidagi “Zakovat” intellektual oʻyinini kuzatishdi hamda universitet Axborot resurs markazini koʻzdan kechirishdi. 

Shuningdek, Angren universitetiga biriktirilgan Angren shahar 22-umumiy oʻrta ta’lim maktabida ham ijodkorlar va maktab oʻquvchilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.