Joriy yilning 6-iyun kuni talabalar bilan gavjum bo‘lgan Adiblar xiyoboni chinakam she’riyat va ijod maydoniga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu yerda talabalar tomonidan aytilgan dil tortar she’rlar xiyobonni yanada go‘zal maskanga aylantirdi.
Sayohat davomida talabalar Alisher Navoiy haykali atrofidan joy olgan 20 dan ziyod Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Cho‘lpon, Qodiriy, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg singari buyuk ajdodlarimiz va bobokalonlarimiz, taniqli shoir va yozuvchilarimiz, tariximizda o‘chmas iz qoldirgan davlat arboblarining haykallariga hurmat bajo keltirishdi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 maydagi "Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-261 sonli qarorining 7-bandiga ko‘ra tashkil etilgan “Moziyga sayohat” dasturi doirasida “Angren universiteti” ustoz va faol talabalar ishtirokida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat qilishdi. Ular Amir Temur va Temuriylar davriga oid boy ekspozitsiya bilan tanishdilar.
Shu bilan birga, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan madaniy va ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash borasida O‘zbekiston Respublikasi davlat Konservatoriyasining katta zalida tadbir o’tkazildi. Shu bilan birgalikda UZ/Toshkent Fransuz Alyansi Oliy ta’lim muassasasi “YSCHOOLS’’ vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazilib, Angren Universiteti bilan ham yaqindan aloqa o’rnatildi.
Ushbu Xalqaro darajadagi tadbirda Angren universiteti “Xorijiy til va adabiyoti” yo‘nalishida tahsil oluvchi hozirga kunda Fransuz tilini o’rganayotgan talabalar va professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar.