Angren universiteti ayol-qizlari har jabhada faol!


 Bugungi kunda jahon miqyosida ilm-fan, ta‘lim va ma‘naviyat sohalarining rivojida xotin-qizlarning o‘rni tobora ortib bormoqda. Ularning ilmiy izlanishlari, ta‘limdagi faolligi va ma‘naviy-ma‘rifiy  sohadagi ishtiroki jamiyat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo'shmoqda. Shu munosabat bilan Angren universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda Angren shahar hokimligi Xotin-qizlar bo'limi hamkorligida joriy yilning 11-aprel kuni "Ma‘rifatli ayol-millat tarbiyachisi" mavzusida Respublika miqyosidagi tadbir bo'lib o'tdi. 


Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik  va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bosh mutaxassisi, yuridik fanlari doktori, professor L.A.Saidova, Toshkent viloyati "Oqila ayollar" harakati Respublika targ'iboti guruhi ma‘suli M.Mamadaliyeva, “Nuroniy”jamg‘armasi Respublika boshqaruv bo‘limi boshlig‘i X.Mirzajanova, "Oqila ayyollar rahbari M.Sadaliyeva, Toshkent viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi D.Abilova hamda Angren shahar hokimligi Xotin-qizlar bo'limi boshlig'i M.Abduraxmanovalar ishtirok etishdi.