Universitetimizning magistratura talabasi Nihola Mamayusupova AQSh Davlat Departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan va FHI 360 tashkiloti tomonidan boshqariladigan nufuzli OPEN (Online Professional English Network) dasturida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi!

OPEN dasturi butun dunyo bo‘ylab eng iqtidorli ingliz tili o‘qituvchilarini jamlab, ularni AQShning yetakchi universitetlari tomonidan taklif etilgan bepul onlayn kurslar bilan ta’minlaydi. 

Dastur ishtirokchilarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

 - AQSh universitetlarida yaratilgan akademik kurslarda qatnashish (Iowa State University, George Mason University, Arizona State University va b.);

- Ingliz tili o‘qitish metodikasi, texnologiyalar, pedagogik yondashuvlar va bolalar bilan ishlash strategiyalari bo‘yicha chuqur bilim olish;

 - Dunyoning turli mamlakatlaridan bo‘lgan ilg‘or o‘qituvchilar bilan xalqaro hamkorlik va tajriba almashish;

-  AQSh elchixonasi va mutaxassislari bilan bevosita aloqa, vebinarlar va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etish;

- Dastur yakunida rasmiy sertifikat va alumni (bitiruvchi) tarmog‘iga a’zo bo‘lish huquqi.

 Bu yutuq talabamizning mashaqqatli mehnati, ilmga bo‘lgan sadoqati va doimiy o‘z ustida ishlashi samarasidir. Talabamizga ulkan zafarlar tilaymiz!!!