Angren universiteti bilan Moskva davlat universiteti Toshkent filiali o‘rtasida hamkorlik mustahkamlanmoqda!

 Joriy yilning 10-iyun kuni Angren universitetining Pedagogika va tillar fakulteti "Til va uni o‘qitish metodikasi" kafedrasi rus tili o‘qituvchilari hamda Rus filologiyasi yo‘nalishi RF-24-1 guruh talabalari M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent filialiga tashrif buyurishdi.

 Tashrif davomida Angren universiteti va MDU Toshkent filiali o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Ushbu kelishuv kelgusida ta’lim, ilmiy tadqiqot va akademik almashinuv sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

 Shuningdek, MDU qoshidagi Test markazida seminar tashkil etilib, unda talabalar uchun rus tili sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik, imtihon tartibi va baholash mezonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.