Mirzo Ulugʻbekning 631-yillik tavallud ayyomi
Bugun buyuk astronom va matematik, Temuriylar davlatining hukmdori, davlat arbobi Mirzo Ulugʻbekning tavallud kuni. Mirzo Ulug‘bek an’anaviy islom ruhida tarbiyalangan, umri va ijodi davomida unga amal qilgan. Masalan, koinot jismlarini o‘rganar ekan, astronom sifatida bu jismlarning joylashishini va vaqtni to‘g‘ri hisoblashni o‘z oldiga maqsad qildi.
Olimning ilmiy tadqiqotlari o‘z zamoni astronomiyasining so‘ngi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan ilmiy xulosalar sifatida katta ma’rifiy-siyosiy ahamiyat kasb etdi. U jahonga mashhur falakiyotchi olim bo‘lib shakllanishi barobarida, o‘zi yaratgan madrasai oliya va rasadxonada didaktika (ta’lim nazariyasi)ga asos soldi.