2025-yil 16-may kuni Angren universitetida "Davolash ishi" yo‘nalishi talabalari ishtirokida "Nafosatning sirli dunyosi" mavzusida falsafa fanidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda nafislik, go‘zallik va ularning inson ma’naviyatidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Talabalar falsafa fanining estetikaga oid qarashlarini tahlil qilib, nafislikning hayotdagi ahamiyati haqida o‘z qarashlarini bayon qilishdi.
Tadbir maqsadi – talabalar ongida estetik did, go‘zallikka bo‘lgan munosabat va madaniy tafakkurni shakllantirishga xizmat qildi.