Joriy yilning 13-fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Yashil” iqtisodiyot kafedrasidan professor B.T. Salimov, professor A.A. Yadgarov, professor J.S. Fayzullaev, dosent A.A. Kasimov, dosent G.T. Yuldashevlar Angren universitetiga tashrif buyurishdi.
Universitetning "Iqtisodiyot" yo‘nalishi sirtqi va kunduzgi ta'lim talabalariga Iqtisodiyot fani bo‘yicha ko‘rgazmali darslar o‘tib berishdi hamda kelgusida universitet professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda kitoblar tayyorlash, maqolalar chiqarish bo‘yicha kelishib olishdi.