Angren Universiteti  “UI Green Metric World University Ranking” reytingida o‘rin oldi!

Angren Universiteti  “UI Green Metric World University Ranking” reytingida o‘rin oldi!

5-dekabr kuni “UI Green Metric World University Ranking” bo‘yicha dunyo universitetlarining xalqaro reytingi e’lon qilindi (https://greenmetric.ui.ac.id/rankings/overall-rankings-2023).

UI Green Metric World University Ranking – "yashil" universitetlarning global reytingi hisoblanadi. O‘zbekistondan bu yil ushbu reytingda 41 ta oliy ta’lim muassasasi joy oldi. Ulardan 38 tasi davlat  va 3 tasi nodavlat xisoblanadi.

"UI Green Metric World University Ranking" xalqaro reyting natijalariga ko‘ra, Angren universiteti dunyo bo‘yicha 3340 ball to‘plab, 84 ta mamlakatdagi 1183 ta oliygohlar orasida 1028-o‘rinni, Respublikaning Toshkent viloyatidagi universitetlar orasida esa faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan  “The 2023 UI GreenMetric World University Rankings”  butunjaxon universitetlar reytingining natijalari va taqdirlash marosimida, reyting tashkilotining taklifiga binoan universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Abduraxmonova Ruxsora hamda Xalqaro hamkorlik bo‘lim mutaxassisi Abdusaidova Sevinch ishtirok etishmoqda.

Universitetimiz jamoasini ushbu e’tirof bilan qutlab, kelgusida bundan ham yuqori natijalarga erishishni tilab qolamiz !