“Navro'zing muborak, O'zbekistonim” mavzusida tadbir o'tkazildi
Bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi bo‘lgan Navro‘zi olamni baland ruh va katta shodiyona bilan nishonlash azal-azaldan el-yurtimiz uchun go‘zal an’ana hisoblanadi. Navro‘zi olamning ruhi va falsafasida mujassam bo‘lgan yaxshilik va bag‘rikenglik, ahillik va hamjihatlik atrof-muhitni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash kabi oliyjanob g‘oyalar Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tarixiy o‘zgarishlarning maqsad va mazmuniga to‘la hamohangdir.
Joriy yilning 19-mart kuni Angren universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi D.A.Xolbayeva boshchiligida 1-kurs, MT-24-2 guruh talabalari bilan birgalikda “Navro‘zing muborak, O‘zbekistonim” mavzusida tadbir o‘tkazdi. Tadbirda talabalar o‘zining ijodiy mahoratini namoyish etishdi.