Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Angren Universiteti uchun yangi yoʻnalishlar tasdiqlandi. 

Endilikda nafaqat quyidagi mavjud 8ta yoʻnalishlar: Davolash ishi, Maktabgacha ta’lim, Boshlang’ich ta’lim, Pedagogika, Iqtisodiyot, Moliya va moliyaviy texnologiyalar, Xorijiy til va adabiyoti, Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishlari, balki, yangi qo’shilgan 6ta yo’nalishlar:

Psixologiya, Matematika, Logistika, Konchilik ishi, Filologiya va tillarni oʻqitish, Axborot tizimlari va texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha ham Angren universitetida tahsil olishingiz mumkin! 

Shuningdek, siz endilikda bilimingizni yanada mustahkamlash va yetuk kadr boʻlib yetishish uchun oliy ta’limingizni Angren universitetida quyidagi magistratura yoʻnalishlarida davom ettirishingiz mumkin: Iqtisodiyot, Psixologiya, Xorijiy til va adabiyoti, Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang’ich ta’lim) . 

Zamonaviy ta’lim standartlariga ega boʻlgan Angren universitetida professional soha vakillaridan yuqori sifatli ta’lim olish imkoniyatingizni qoʻldan boy bermang‼️

Bu xushxabarni abiturient yaqinlaringizga albatta yuborib qo’ying! 

Talabalar qabuli soni chegaralangan. Shoshiling!