Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, taniqli yozuvchi va shoirlar ijodini targʻib qilish hamda  badiiy savodxonlik darajasini oshirish maqsadida o’tkazilayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Angren universitetida ham turli ijodiy uchrashuv va tadbirlar bo’lib o’tmoqda.

Xususan, joriy yilning 14-may kuni ushbu loyiha doirasida Angren universiteti talabalari uchun "Muqimiy" teatr aktyorlari ijrosida  "Oilam-xazinam" nomli sayyor spektakli namoyish etildi. 

Angren universiteti rektori K.Sindarov bu kabi loyihalar yosh avlodning ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilishini va teatr millat ko'zgusi ekanligni takidlab o'tdi. Kelgusida doimiy ravishda sayyor teatrlar namoyishini yo'lga qo'yish borasida Muqimiy teatr ma'sul hodimlari bilan kelishib olindi.