Angren universiteti “Pedagogika va tillar” fakultetining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchilari
Isabekova Dilafruz Shermirzayevna
G‘iyasova Mushtariy Abdug‘aniyevna
hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti Shahnoza To‘xtasinovna tomonidan “Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fani doirasida yaratilgan o‘quv qo‘llanmaga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan rasmiy guvohnoma berildi!
Bu yutuq – nafaqat mualliflarning ilmiy-mehnatlari, balki maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi sifatli o‘quv resurslarini yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
Hurmatli mualliflarni ushbu yutuq bilan chin dildan muborakbod etamiz! Kelgusi ishlaringizda yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!