Angren universiteti ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarda faol ishtirok etmoqda!
Bugun, Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Jahon bankining “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (“MUNIS”) loyihasini amalga oshirish guruhining ekspertlari Toshkent viloyatiga tashrifi doirasida Oʻzbekiston hududlarida ilm-fan va innovatsiyalarning oʻsish nuqtalarini aniqlash boʻyicha strategik sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyundagi 165-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarda Innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish doirasida chora-tadbirlar boʻyicha takliflarni tayyorlash vazifasi belgilangan.
Ushbu tadbirda Plug&Play hamda Jahon Bankining ekspertlari, OTM lar, Toshkent viloyat hokimligi, Ilmiy tadqiqot instituti vakillari ishtirok etishdi.
Maxsus taklifga asosan Angren universiteti Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Ruxsora Abduraxmonova hamda yetakchi mutahassis Sevinch Abdusaidova universitet nomidan faol ishtirok etib, Sertifikat bilan taqdirlanishdi
Tadbir davomida soha ekspertlari bilan suhbat uyushtirilib, Jahon Bankining xalqaro grant loyihalarida Angren universitetining faol ishtirokini ta’minlash masalalari muzokara qilindi.
Maʼlumot uchun: Jahon banki “MUNIS” loyihasining umumiy byudjeti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 172-sonli qaroriga asosan 50 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
“Plug&Play” kompaniyasi jahon miqyosida 60 000 dan ortiq startap, 550 dan ortiq yetakchi korporatsiya, universitet, davlat idoralari
va venchur kapital fondlarini birlashtiradi.