Angren universitetining 2-o'quv binosida Angren shahar 6-o‘rta umumta'lim maktabining o‘quvchilari bilan Xalqaro adabiyot, san'at, madaniyat va ijtimoiy fanlar akademiyasi, Butunjahon xalq ijodkorlari uyushmasi a'zosi Botir Doniyorov hamda fan o‘qituvchilari M.Abdullaeva va M.Abduqaxarovalar rahbarligida kasbga yo'naltirish (proforientatsiya) tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda maktab o‘quvchilarini talabalar uchun oliygohda yaratilgan shart - sharoitlar, ma'ruza zallari, amaliyot xonalari, dars jarayonlari, xamshira xonasi, kutubxona, shaharda yangilik bo‘lgan "Book kafe" va boshqa qulayliklar bilan Botir Doniyorov yetarlicha tanishtirib, har bir o‘quvchi maktabdan keyingi ta'limni shu maskanda davom ettirishlari har tomonlama qulay ekanligini uqtirib o‘tdi.