“Qadriyatlarga baxshida umr” universitet kitobxonlarini bir yerga jamladi


joriy yilning 1-aprel kuni universitetimizning 2-binosida kitobxonlar uchun yaqinda nashrdan chiqqan Xadicha Xasanovaning “Qadriyatlarga baxshida umr” nomli kitobining bibliografik sharhi bo‘lib o‘tdi. Uni Xalqaro adabiyot, san’at, madaniyat va ijtimoiy fanlar akademiyasi, Butunjahon xalq ijodkorlari uyushmasi a’zosi Botir Doniyorov kitobxonlarga sharhlab berdi. Tadbir davomida nomoddiy madaniy merosimizga bag‘ishlangan risola bo‘yicha ma’ruzachi tomonidan to‘liq ma’lumotlar berilib, qatnashchilar tomonidan yo‘llangan savollarga batafsil javoblar berildi.