2023-2024 o‘quv yilida Angren universitetida yangi ochilgan tibbiyot fakulteti “Davolash ishi” yo‘nalishining birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar shifokorlik qasamyodini qabul qildilar.
Unda universitetning rektori K.O.Sindarov, Angren universiteti direktori SH.X.Sadiyeva , Davolash ishi fakulteti dekani S.Ismatullayeva, Sog‘liqni saqlash sohasida uzoq yillar faoliyat yuritgan tibbiyot faxriylari so‘zga chiqishdi.
Tadbir davomida san’atkorlarning badiiy chiqishlari, turli xil ko’ngilochar chiqishlar bilan namoyish etildi.