Angren universiteti rektori Komil Sindarovning Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan 

BAYRAM TABRIGI

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, professor-oʻqituvchilar, jonkuyar xodimlar hamda talabalar!

Sizlarni ulug' va muborak ayyom — Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Ezgulik va saxovat ayyomi har bir xonadonga, jonajon yurtimizga qut-baraka, sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik olib kelsin.

Aziz xalqimizni yuksak insonparvarlik va fidoyilik fazilatlari tark etmasin! Vatanimiz tinchligi, xalq farovonligi, jamiyatimiz osoyishtaligi yoʻlidagi ezgu ishlarimiz bardavom boʻlsin.

Mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash, xalqimizning ezgu niyat va orzu-intilishlarini qo’llab-quvvatlash mohiyatini o'zida mujassam qilgan ulugʻ ayyom barchamizga muborak bo’lsin!