Yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida Angren universiteti "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi Boshlang'ich ta'lim 24-1 guruh talabalari guruh rahbari Xolbayeva D.A. rahbarligida Angren shahar 2-umumta'lim maktabida o'quvchilar bilan qiziqarli tadbirlar o'tkazildi.
Hamkorlikning maqsadi- o'quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning sportga, sog‘lom turmush tarziga, hamda aqliy faoliyatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.
Dastlab chiniqtiruvchi jismoniy mashqlar bajarildi. So‘ng "Quvnoq estafeta" musobaqalari o‘tkazilib, jismoniy chiniqtirildi. Didaktik va qiziqarli o'yinlar tashkil etildi. Faol qatnashgan o'quvchilar rag'batlantirildi. Ushbu kun talabalar va o'quvchilarda o'zgacha taassurot qoldirdi. Bunday hamkorlik kelgusida ham davom ettiriladi.