Bugun Angren yoshlari shahar rahbarlari bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘ldilar
Tadbirini shahar hokimi Alisher Rayimov kirish so‘zi bilan ochdi va yurtimizda yoshlar siyosatiga qaratilayotgan e’tibor, ularga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar, iqtidor va iste’dod egalariga yaratilgan imkoniyatlar xususida so‘z yuritdi.
Tadbir davomida Angren universiteti rektori Komiljon Sindorov ham so‘zga chiqdi va ta’lim muassasasida "Bir oyda bir kitob" tamoyilining yo‘lga qo‘yilgani, talabalarga ajratilgan grant yutuqlari va bir qator ma’naviy yo‘nalishlar xususida ma’lumot berdi.
Tadbir davomida Angren universiteti rektori K.Sindarovga 2023-yil davomida Yoshlar siyosatini olib borishdagi ko'rsatgan fidokorona xizmatlari hamda yoshlarning hayotda o'z o'rnini topishi uchun qilgan mehnatlari uchun shahar hokimining tashakkurnomasi topshirildi.