Angren universiteti barchani muborak Ramazon Hayiti bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi!


Ushbu fayzli bayram barchamizga tinchlik-xotirjamlik, baxt va farovonlik olib kelsin. Ramazon oyidagi qilingan amallar qabul bo‘lsin, qalblarimiz mehr-oqibat va ezgulik bilan to‘lsin. Oilangizga sog‘lik-salomatlik, dasturxoningizga fayz-u baraka, yurtimizga tinchlik va osuda hayot tilab qolamiz. Hayitingiz qutlug‘ bo‘lsin!