Voleybol bo‘yicha “Rektor kubogi” g‘oliblari aniqlandi


Kuni kecha Angren universiteti sport zalida Angren shahridagi mavjud kasb-hunar maktablari, umumta’lim maktablari va universitet talabalari terma jamoasi o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha Angren universiteti rektori kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa Angren universiteti sport klubi murabbiylari va jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tomonidan tashkil etildi. 


Musobaqa yakunlariga ko‘ra, qizlar o‘rtasidagi yuqori uchlik quyidagicha taqsimlandi. 

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1️⃣— Angren universiteti terma jamoasi

2️⃣— 21-umum ta’lim maktabi terma jamoasi

3️⃣— Angren shahar 1-son politexnikumi terma jamoasi.

Qizlar o‘rtasida: 

1️⃣— Angren universiteti terma jamoasi

2️⃣— Angren shahar 2-son politexnikumi terma jamoasi

3️⃣— 21-umumta’lim maktabi terma jamoasi.