Yozuvchi va kitobxonlar uchrashuvi 

Angren universiteti rektori yuridik fanlar doktori, professor va taniqli yozuvchi Komil Sindarov bilan Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumta’lim maktabida “Ijodga baxshida umr” mavzusida adabiy uchrashuv bo’lib o’tdi

Kitobxonlar orasida o’zining badiiy-detektiv asarlari bilan yaxshi tanilgan Komil Sindarov ochiq muloqot ko’rinishida bo’lib o’tgan yozuvchi va kitobxonlar uchrashuvida kitobsevarlarni qiziqtirgan savollarga javob berib o’tdi. 

Suhbat davomida yozuvchi o’zining ijod olamidagi ilk onlaridan bugungi kungacha bo’lgan umr hikoyalarini tadbir qatnashchilariga so’zlab berdi. 

Uchrashuv so’nggida, yosh kitobxonlar Komil Sindarovning  so’nggi nashrdan chiqqan kitoblari bilan taqdirlanishdi.