"Rektor va yoshlar" uchrashuvi bo’lib o’tdi

Angren universiteti rektori, professor Komil Sindarov talabalar bilan uchrashuv samimiy ruhda davom etdi. 

Angren universiteti rektori tashabbusi asosida boshlangan "Kitob-saodat kaliti" nomli tashabbusi talabalarga keng targ’ib qilindi.

Ushbu tashabbus har bir talaba, murabbiydan har oyda kamida bitta kitob mutolaa qilish, tassurotlarini tengdoshlari, kasbdoshlari bilan muhokama qilish, eng sara kitoblarni boshqalarga ulashish, munozaralar uyushtirish,  kitobxonlik kechalari, davra suhbatlari tashkil etish orqali yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlik odobi, tartib-qoidalarini o‘rgatish, tez va soz kitob o‘qish sirlarini o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi.

Tadbir so’ngida Angren universiteti kunduzgi ta’limning 1-bosqich talabalari o’rtasida o’tkazilgan "grantlar" tanlovida g’olib bo’lgan talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandilar