Angren universitetida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashabbusiga ko‘ra, har bir oliygohlarlarida rahbarlar talabalar bilan uchrashishi va o‘zaro fikr almashishi belgilangan. Shunga muvofiq 25-mart kuni Angren universiteti rektori an’anani davom ettirgan holda mart oyidagi talabalar bilan ilk uchrashuvini universitetning pedagogika yo‘nalishi talabalari bilan o‘tkazdi. Uchrashuvda bevosita universitet rektori talabalar bilan bugungi kunda ularning oldiga qo‘yilayotgan vazifa va talablar, kredit modul tizimining imkoniyatlari, mustaqil ta’limni rivojlantirish hamda undan keng foydalanish bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. 


Shundan so‘ng esa uchrashuv ochiq muloqot tarzida olib borilib, unda talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Ta’kidlash joiz, bunda talabalar tomonidan asosan o‘quv jarayoni, mustaqil ta’lim topshiriqlari, ishga joylashish, amaliyot o‘tash kabi savollar berildi. 


Bundan tashqari, uchrashuv yakunida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maqsadli o‘tkazish bo‘yicha besh tashabbus doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar, iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga yo‘naltirish bo‘yicha bir qator vazifalar muhokama qilindi.