Angren universitetida Ingliz tilini o'qitish metodikasiga oid qiziqarli trening bo'lib o'tdi
Joriy yilning 7-aprel kuni Angren universitetida AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan amalga oshirilayotgan Developing English Program (DEP) doirasida ingliz tilini o‘qitish metodikasiga oid qiziqarli va foydali trening tashkil etildi.
Mazkur treningda tajribali mutaxassislar — Kevin McCaughy va Umida Boltayeva universitetimizning professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar, samarali usullar va interaktiv metodikalar haqida ma’lumot berishdi.
Trening davomida qatnashchilar ishtirokida turli interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ingliz tilini samarali o‘qitish va o‘rganish borasidagi tajribalar almashildi. Ishtirokchilar treningdan katta taassurotlar bilan chiqishdi va bu kabi tadbirlar ularning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.