Angren universitetida yoshlarni har tomonlama iqtidorlarini namoyon etish va sportni rivojlantirish  maqsadida Toshkent viloyati Fransuz boksi "SAVAT" assotsiatsiyasi prezidenti  Abdullayev Abdulatif  hamda Fransuz boks sport mashg'uloti bo'yicha murabbiy, sport ustasi, Angren universiteti talabasi Baridinov Suxrob ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi. Suhbat davomida yosh sportchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir so'ngida qatnashchilarga qimmatbaho sovg'alar topshirildi.