Angren universiteti Ilmiy kengashining tavsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining qaroriga asosan, “Iqtisodiyot va huquq” fakulteti dekani Soxibov Isomiddin Yuldashevichga “ 04.00.09 – Marksheyderlik” ixtisosligi bo‘yicha Dotsent ilmiy unvoni berildi!
Bu yuksak unvon ustozimizning ilmiy izlanishlari, fidokorona mehnati va ta’lim sohasidagi ulkan hissasining e’tirofi hisoblanadi.
Ilm-fan yo‘lida bardavom muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq va yangi zafarlar tilaymiz!