2024 - yil 22- may kuni Angren universitetida qizlar o’rtasida sportning voleybol turi bo’yicha “9-may Хotira va qadrlash” kuniga bag’ishlangan  musobaqaning 2-bosqichi bo’lib o’tdi. 

Unda universitet talaba qizlari bilan birga shahrimizdagi texnikum, kolledj, kasb-hunar ва umumta’lim maktablari bitiruvchi o’quvchilari ishtirok etishdi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad yuqoridagi ta’lim muassasalari va Angren universiteti o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish,bitiruvchilarni universitetga jalb qilish va sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishdan iborat edi. 

Musobaqa yakunlariga ko’ra Angren universiteti jamoasi 1-o’rinni, 21-maktab jamoasi 2-o’rinni, 1-son kasb-hunar maktabi jamoasi 3-o’rinni egallashdi. G’olib jamoalarga universitet qabul komissiyasining va sport klubining diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.