Sun’iy intellekt va dasturlash – hozirgi zamonning eng muhim bilimlaridan biri. Ular yordamida insoniyat yanada tez, samarali va aqlli qarorlar qabul qilishga erishmoqda. Bu yo‘nalishda bilim olish yoshlar uchun katta imkoniyat eshigini ochadi.


Shu munosabat bilan joriy yilning 28-may kuni "Sun'iy intellekt va dasturlash" mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda nafaqat Hindistonning, balki dunyoning eng nufuzli uiversitetlaridan biri bo'lgan Anna universiteti professori Akilan Selvaraj Saraja, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) dotsenti D.K.Sharipov ishtirok etishdi hamda sun'iy intellektning zamonaviy imkoniyatlari va  dasturlashning asosiy yondashuvlari haqida ma'lumot berishdi, shuningdek, amaliy misollar keltirib o'tishdi.

Seminar so'ngida tinglovchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga ekspertlardan javob oldilar.