Angren universitetida yirik tadbirkorlar yoshlar bilan uchrashdi!
Partiya viloyat Kengashi "Yoshlar muammolarini o‘rganish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi" hamda Angren shahar Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir yoshlar muammolarini o'rganib, ularning tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.
Angren universitetida o‘tgan “Tadbirkorlar va yoshlar uchrashuvi”da Toshkent viloyati hamda Angren shahar Kengashlaridagi partiya deputatlari Vadim Li, Abduqodir Begmatov, Laziz Xoshimov, Abror Nazirov, “Angren” issiqlik elektro-stansiyasi aksionerlik jamiyati bosh direktori Mirzoferuz Nigmatov hamda Toshkent viloyati xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari Shoxista Madiyarova, viloyatning ko‘zga ko‘ringan yirik tadbirkorlari, shuningdek, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori Oysha Uralova, universitetning professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.