Angren universitetining ilg’or talabalari sport musobaqalarida faol ishtirok etishmoqda!

Joriy yilning 11-mart sanasida Chirchiq shahrida joylashgan O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (O’zDJTSU)da “Talabalar ligasi” musobaqasining “Shaxmat” sport turi bo’yicha viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqada Angren universiteti Davolash ishi fakulteti talabalari Nazarov Ulug’bek (DI-12-guruh) va Sheraliyeva Shodiya (DI 23-7-guruh) ham munosib ishtirok etishdi. 

Toshkent viloyatidagi 5ta OTM shaxmatchilari o’rtasidagi bahsda Sheraliyeva Shodiya faxrli 3-o’rinni egalladi! 

G’olibalarni bu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz va har bir talabadan shunday faollikni kutib qolamiz.