Angren universiteti talabalari uchun ijara xonadonlariga joylashishga koʻmaklashish va Angren shahar hududidagi ijara xonadonlar ro'yxatini shakllantirish ishlari olib borilmoqda.
Ayni kunlarda universitetimizga uzoq hududda istiqomat qiluvchi talabalarning kelishi boshlanish munosabati bilan, ushbu talabalarni munosib kutib olish va turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida universitetning ma'sul hodimlari tomonidan bir qancha ishlar olib borilmoqda.
Shu jumladan: "O'zbekiston Mahallalari uyishmasi"ning Angren shahar bo'lim boshlig'i Z.Xadjimatov, "Angren shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi" boshlig‘i E.Ubaydullayev va "Yoshlar ishlari agentligi" Angren shahar bo'limi bosh mutaxassisi J. Isroilovlar bilan hamkorlikda Angren shahar hududidagi ijara xonadonlar ro'yxati shakllantirish va talabalarni shart-sharoitlarga ega xonadonlarga joylashtirish masalalari kelishib olindi.