Umumta'lim hamda kasb-hunar maktablari bitiruvchilari uchun Angren universiteti jamoasi tomonidan targ'ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
Angren universitetida 2025-2026 o'quv yili uchun qabul rasman boshlangani munosabati bilan universitet jamoasi Angren shahridagi va qo'shni hududlardagi umumiy hamda o'rta-maxsus ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari bilan targ'ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etishmoqda. Shu jumladan, rahbariyat a'zolari ham ushbu targ'ibotda faol ishtirok etib, bitiruvchilarga savollariga shaxsan universitet rahbariyatidan javob olish imkoniyatini berishmoqda.