Angren universitetiga maktab bitiruvchilarini jalb etish maqsadida olib borilayotgan targ'ibot ishlari faol davom etmoqda. 


Joriy yilning 22-aprel kuni universitet Xalqaro hamkorlik va Ilmiy ishlar bo'yicha prorektori R.Abduraxmonova boshchiligidagi bir guruh universitet vakillari Angren shahrida joylashgan 17-umumiy o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda bitiruvchi talabalarga universitetda mavjud yo'nalishlar va imkoniyatlar haqida ma'lumot berib o'tildi va faol ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.